Kartangizga pul tushdi — buyurtma o'zi yopiladi

HUMO yoki UZCARD kartangizga kelgan o'tkazmani 5–30 soniyada aniqlaymiz va saytingiz, Telegram botingiz yoki POS tizimingizga xabar beramiz.

5–30 sto'lovni aniqlash
HUMO, UZCARDikkala tizim
0 cronsizning tomonda
04:59

Mijoz 50 001 so'm o'tkazdi

H
Karta xabarnomasibot
🟢 Пополнение
➕ 50 001.00 UZS
💳 HUMOCARD *4417
🕓 11:06 27.10

To'rt qadamda ulanadi

Terminal, shartnoma yoki bank bilan yozishmalar shart emas. Pul to'g'ridan-to'g'ri o'z kartangizga tushadi.

1

Saytda ro'yxatdan o'ting

Kabinetda do'kon ochiladi va shop_id, shop_key beriladi. 7 kun bepul.

2

Karta va akkauntni ulang

Karta raqamini kiriting va karta xabarlari keladigan Telegram akkauntni xavfsiz sahifa orqali ulang.

3

To'lov yarating

Saytingiz /payment/create ga summa yuboradi — javobda karta va aniq summa keladi.

4

Natijani qabul qiling

Pul tushishi bilan complete_url ga paid, 5 daqiqada tushmasa cancel keladi.

Nega JKH Pay

Bir xil summa muammosi yo'q

Ikki mijoz bir vaqtda 50 000 so'm to'lasa, tizim ikkinchisiga avtomatik 50 001 so'm beradi. Siz hech narsa qilmaysiz — javobdagi amountni ko'rsatasiz, xolos.

Tayyor to'lov sahifasi

Har bir to'lov uchun pay_url: karta raqami, nusxalash tugmasi va taymer. Saytingizda alohida dizayn shart emas.

Kod chatga yozilmaydi

Telegram akkaunt alohida himoyalangan sahifada ulanadi, sessiya serverda shifrlangan holda saqlanadi.

Qayta yuborish

Serveringiz javob bermasa, natija 3, 10, 30 va 60 soniyadan keyin qayta yuboriladi.

Kabinetda hisobot

Kunlik tushum grafigi, barcha to'lovlar va mos kelmagan kirimlar — bitta sahifada.

Bitta so'rov, bitta javob

JSON yoki form-data bilan ishlaydi. Base URL: https://pay.jamshidkhatamov.uz

POST/payment/createto'lov yaratish
GET/payment/statusholatni tekshirish
POST/payment/cancelbekor qilish
Sizgaprepare_urlto'lov boshlandi
Sizgacomplete_urlpaid yoki cancel

Imzo: md5(shop_id + payment_id + amount + shop_key). Callback ga 200 qaytaring va tovarni payment_id bo'yicha faqat bir marta bering.

import requests, hashlib

BASE = "https://pay.jamshidkhatamov.uz"
SHOP_ID, SHOP_KEY = "jkh_xxxx", "sk_xxxx"

# 1) To'lov yaratish
r = requests.post(f"{BASE}/payment/create", json={
    "shop_id": SHOP_ID, "shop_key": SHOP_KEY,
    "amount": 50000, "order_id": "1042",
}).json()
# r["amount"]  -> mijoz aynan shuni to'laydi (masalan 50001)
# r["card"]    -> {"number", "holder", "provider"}
# r["pay_url"] -> tayyor to'lov sahifasi

# 2) complete_url (Flask misol)
@app.post("/jkhpay/complete")
def complete():
    d = request.get_json()
    sign = hashlib.md5(f"{d['shop_id']}{d['payment_id']}{d['amount']}{SHOP_KEY}".encode()).hexdigest()
    if sign != d["sign"]:
        return "bad sign", 403
    if d["status"] == "paid":
        mark_order_paid(d["order_id"], d["payment_id"])  # bir marta!
    return "ok", 200

7 kun bepul, keyin oylik obuna

Komissiya olmaymiz — pul to'liq o'z kartangizga tushadi. Obuna narxi va bir nechta do'kon uchun chegirmani bilish uchun @jamshidkhatamov ga yozing.

Bepul sinovni boshlash
  • Cheksiz to'lovlar soni
  • Bir nechta karta va do'kon
  • Tayyor to'lov sahifasi
  • Python, PHP, Node.js namunalari
  • JKH POS bilan tayyor integratsiya

Ko'p so'raladigan savollar

Pulim qayerga tushadi?

To'g'ridan-to'g'ri o'zingizning HUMO yoki UZCARD kartangizga. JKH Pay pulga tegmaydi va pul ko'chira olmaydi — faqat karta xabarnomasini o'qib, summani buyurtma bilan solishtiradi.

Telegram akkauntimni ulash xavfsizmi?

Kod hech qachon Telegram chatga yozilmaydi — u alohida sahifada kiritiladi. Sessiya serverda shifrlangan holda saqlanadi va faqat karta botlaridan kelgan xabarlar o'qiladi. Eng xavfsiz yo'l — karta xabarlarini alohida raqamdagi Telegram akkauntga ulash. Istalgan vaqtda Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar bo'limidan seansni yopishingiz mumkin.

Mijoz noto'g'ri summa o'tkazsa nima bo'ladi?

To'lov summa bo'yicha aniqlanadi, shuning uchun summa aynan mos kelishi kerak. Mos kelmagan kirim kabinetda alohida ro'yxatda ko'rinadi va uni qo'lda tekshirasiz. To'lov sahifasida summa katta qilib, nusxalash tugmasi bilan ko'rsatiladi.

Menga cron yoki fon jarayoni kerakmi?

Yo'q. Kartani kuzatish bizning serverda. Siz faqat to'lov yaratasiz va complete_url ga kelgan javobni qabul qilasiz. Bitta to'lov bo'yicha javob ikki marta kelishi mumkin, shuning uchun tovarni payment_id bo'yicha bir marta bering.

Qancha vaqtda aniqlanadi?

Odatda 5–30 soniya — bu bank xabarnomasi qanchalik tez kelishiga bog'liq. Pul 5 daqiqa ichida tushmasa, to'lov cancel holatiga o'tadi.